
Davron Fayziev: O‘sha kun keldi
Taniqli sport jurnalisti va sharhlovchisi Davron Fayziev bugun bo‘lib o‘tadigan "Barselona" - "Atletiko" bahsi haqida fikr bildirdi:
"Uchta grand - "Atletiko", "Real" va "Barselona" Ispaniyada chempionlik uchun kurashayotganidan xabaringiz bor. Hammasini "Barselona" - "Atletiko" o‘yini hal qiladi, degan gapga ham ko‘p duch kelayotgandirsiz. O‘sha o‘yin bugundir! Haqiqatdan ham uch etakchidan ikkitasi o‘zaro o‘ynashi vaziyatni ancha oydinlashtiradi. Agar "Atletiko" yutsa, "Barsa" tituldan quruq qoladi. Aksincha, "Barselona" g‘alaba qozonsa, intriga yanada kuchayadi va "Atletiko" uyog‘iga xato kutib yashaydi. Qanchalik g‘alati eshitilmasin, ammo "Real" Madrid uchun "Barselona"ning g‘alabasi qulayroq. Yoki durang. Ha, murakkab. La Liga muxlisi bo‘lmasangiz balki tushunishingiz ham shart emasdir. Shunchaki bilingki, bugun Ispaniya chempionatining eng kulminatsion uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Haqiqiy jang! Birgalikda tomosha qilamiz", - deb yozdi Fayziev.
Fikrlar