
Davron Fayziev: “Real Madrid” klubi “el-klasiko”da ham shunday o‘ynaydimi? Mana bu jiddiy savol
EChL guruh bosqichi 1-turida “Real” o‘z uyida “Shaxtyor”ga imkoniyatni boy berdi – 2:3. Ushbu bahsda ukrainaliklar birinchi taymning o‘zida madridliklar darvozasiga 3 ta gol urdi. Mezbonlar esa, 2 bor javob qaytardi, biroq bu durangga ham kamlik qildi.
Ushbu bellashuv natijasidan so‘ng, ko‘pchilikda "Zinedin Zidan “Shaxtyor”ga qarshi o‘yinni “el-klasiko” oldidan qurbon qildimi?", degan savol paydo bo‘ldi. Bunga javob topish maqsadida taniqli sharhlovchi Davron Fayzievga murojaat qildik. U SPORTS.uz saytining “Youtube”dagi loyihasida quyidagicha javob berdi.
"El-klasiko" oldidan Zinedin Zidan ishtirokidagi matbuot anjumani
"Real"ning "Barselona"ga qarshi o‘yin uchun qaydnomasi. Zidan qaysi futbolchilarni "el-klasiko"ga jalb qildi? (Foto)
– “Real” darajasidagi klub va ayniqsa, o‘zining sevimli turniri – EChLdagi o‘yinni shunchaki boy berib qo‘yishiga ishonmayman. Lekin kayfiyatga ta’sir qilgan. “Shaxtyor” mehmonga kelmoqda, 8 futbolchisi koronavirusga chalinib, uyda qolgan, tarkibdagi yarmi notanish o‘yinchilar, tabiiyki “Real” o‘zini qiroldek tutdi. O‘yinni birinchi taymdayoq yutib qo‘yamiz, kelinglar kuchni “el-klasiko”ga tejaymiz, degan norasmiy kayfiyat ta’sir qildi. Zidan futbolchilarni maydonga tushirishdan avval shogirdlariga muhimi jarohat olmanglar, yutqazsanglar ham mayli, demaydi. Bu ahmoqning gapi bo‘ladi. Ammo hamma ich-ichidan shuni his etdi. Ikkinchi taymda “Qirollik klubi” o‘ziga keldi. Ikkita gol urdi, kambekka bir qadam qoldi. Bitta golini hisoblashmadi.
Ikkinchi 45 daqiqalikda “Real” haqiqiy kuchi bilan o‘ynadi. Birinchi bo‘limda esa raqibni mensimaslik kayfiyati bor edi. Bu qurbonlik emas, shunchaki motivatsiya etishmasligi. Bunda tabiiyki Zidanning ham aybi bor. Mana shu o‘yin biz uchun final, degan narsani oxirigacha singdira olmagan. Oqibatda “Real” Zidan davridagi eng zaif birinchi taymni o‘tkazdi.
Zidan "el-klasiko"da jamoaning asosiy futbolchisi ishtirok etishi masalasiga oydinlik kiritdi
“Real” klubi “el-klasiko”da ham shunday o‘ynaydimi? Mana bu jiddiy savol. Bu uchrashuvda jamoalar qaysi pog‘onadaligidan qat’iy nazar hayot-mamot jangi sifatida maydonga tushadi. Hamma futbolchilar o‘yinning darajasini tushunib turibdi, - dedi Davron Fayziev SPORTS.uz saytining loyihasida.
Fikrlar