Davron Fayziev: "UFC 257"ning eng yaxshi ishtirokchilariga atalgan bonuslar e’lon qilindi. Mahmud Murodov Dena Uayt e’tiboriga tushdi

  • 24 yanvar, 2021, 11:45
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabida "UFC 257" turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu janglardan birida hamyurtimiz Mahmud Murodov oktagonga ko‘tarildi. 

Tecno

Amerikalik Endryu Sanchesga qarshi bahsning 3-raundi o‘tib borayotgan bir paytda, hamyurtimiz texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.

Janglardan so‘ng, "UFC 257" turnirining eng yaxshi ishtirokchilariga atalgan bonuslar e’lon qilindi. Ular qatorida Mahmud Murodov ham bor.

Dastin Pore
Maykl Chendler
Marina Rodriges
MAHMUD MURODOV

Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida eng yaxshi ishtirokchilar qatorida Murodovning borligi va endi u UFC prezidenti Dena Uayt e’tiboriga tushganini yozdi.

- Tabriklaymiz jangchimizni. Endi u aniq Dena Uayt e’tiboriga tushdi, - dedi Davron Fayziev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!