Davron Fayziev: Ular bir-biriga mos. Munosabatlar buzilishiga hech qanday sabab yo‘q

  • 21.11.2020 17:38
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xosep Gvardiola bir necha kun avval “Manchester Siti” bilan yangi shartnoma tuzdi. Yangi kelishuvga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis 2022-2023 yilgi mavsum yakunigacha “shaharliklar” boshqaruvida qoladi.

Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida ushbu voqelikka o‘z munosabatini bildirdi.

Ular bir-biriga mos. Munosabatlar buzilishiga hech qanday sabab yo‘q. Natijalar pasayishi esa vaqtincha xarakterga ega. Manchesterning moviy hududida Gvardiolani yaxshi ko‘rishadi. Uning qadrini bilishadi. Bu esa Pep uchun maosh bilan bir qatorda muhim jihat. Natijada "Manchester Siti" dunyoning eng kuchli murabbiylaridan biri bilan ishlashda davom etadi. Yangi imzolangan shartnoma muddati 2 yil, - dedi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!