Daxshat! Bir muxlis odamlarga bolta bilan hujum qildi, politsiya unga o‘q uzdi

  • 16 iyun, 2024, 16:44
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Polsha va Niderlandiya o‘yini bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Gamburgda bir kishi bolta bilan muxlislarga hujum qildi.

 
Politsiya unga qarshi avvaliga qalampir gazi ishlatgan, keyin esa to‘pponcha ishlatgan. Politsiyaning aytishicha, birinchi o‘q ogohlantiruvchi o‘q bo‘lgan. Keyin bir necha marta o‘q uzildi, shundan so‘ng erkak erga quladi. Ular jinoyatchining xaltasidan "Molotov kokteyli"ni topdilar. Politsiyaning fikricha, erkak uni muxlislar olomonida yoqmoqchi bo‘lgan.

 

Xabar berilishicha, erkak og‘ir yaralangan, ammo tirik qolgan. Hozirda kasalxonaga yotqizildi, deya xabar beradi The New-York Times jurnalisti Rori Smit.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!