De Bryuyne: Agar bu ishni qilsam, aniq kasalxonaga tushaman

  • 9 aprel, 2023, 13:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining 30-turida “Manchester Siti” safarda “Sautgempton”ni (1:4) yirik hisobda mag‘lub etdi va bu o‘yinda Erling Xoland ikkita gol urdi. Uning jamoadoshi Kevin de Bryuyne Xolandning gollariga qoyil qoldi. Ayniqsa unga norvegiyalikning ikkinchi goli ko‘proq yoqdi.

“Uning ikkinchi goli shunchaki durdona! Ishonchim komilki, agar men bunday zarbani takrorlashga harakat qilsam, aniq kasalxonaga tushaman. Xoland jamoamizda baxtli, biz unga vaziyatlarni yaratamiz va u hammasini to‘g‘ri amalga oshiradi”, - deya Xolandning so‘zlarini iqtibos keltiradi BBC Sport.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” APLning navbatdagi turida o‘z maydonida “Lester”ni qabul qiladi. Ushbu bahs 15 aprel bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!