
De Bryuyne yubiley golini kiritdi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne Angliya Kubogi 1/4 final bosqichi "Nyukasl"ga qarshi o‘yinda penaltidan hisobni ochdi.
Bu belgiyalik futbolchining klub miqyosida barcha turnirlardagi 100 goli bo‘ldi ("Man Siti - 53, "Volfsburg" - 20 ta, "Genk" - 17 ta, "Verder" -10 ta gol).
Joriy mavsumda De Bryuyne APLda 29 o‘yinda maydonga tushib, 10 gol va 17 golli pas berdi.
Fikrlar