
De Bur JCh-2022 da qaysi terma jamoa g‘oliblik uchun asosiy da’vogar ekanini aytdi
Gollandiyalik mashhur futbolchi Ronald de Bur lolalar yurti terma jamoasining JCh-2022 da qanday natija qayd etishi mumkinligi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Gollandiya terma jamoasi mundialda g‘olib chiqishi uchun barcha sharoit bor deb o‘ylayman. Barcha "Ayaks", PSV va "Feyenoord"dan chiqqan de Ligt, de Yong va boshqa ko‘plab iqtidorli futbolchilar haqida biladi.
Jamoamizda Virjil van Deykdek himoyachining borligi ham muhim ahamiyatga ega. Hozirgi jamoa ancha barqaror”, - deydi de Bur.
Fikrlar