
De Ligt: "Maydonda bir daqiqa ham o‘ynamayman deb o‘ylagandim"
Gollandiya terma jamoasi himoyachisi Matteys de Ligt Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida asosiy tarkibda tez-tez maydonga tusha olmayotgani haqida gapirdi.
Turnirda futbolchi faqat Senegal bilan 1-tur uchrashuvida (2:0) maydonda 90 daqiqa o‘ynadi. AQSh bilan 1/8 final bahsida de Ligt o‘yin oxirida zaxiradan maydonga tushdi va atigi bir daqiqani maydonda o‘tkazdi.
"Rostini aytsam, bu meni unchalik ham asabiylashmaydi. Har bir futbolchi o‘ynashni xohlaydi, lekin biz 26 nafar futbolchidan iborat jamoamiz. To‘g‘risini aytsam, kutganimdan ham ko‘proq o‘ynadim. Maydonda bir daqiqa ham o‘ynamayman deb o‘ylagandim. Holatim hozir yaxshi. Biz birgalikda g‘alaba qozonib, chorak finalga chiqdik.
Men jamoadagi rolimni bilaman va uning muhim qismiga aylanish uchun har kuni qattiq mashq qilaman", - deydi himoyachi.
Fikrlar