De Rossi "Jenoa"ni boshqarishi mumkin!

  • 02.11.2025 17:32
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Roma" afsonasi Daniele De Rossi "Jenoa" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. U Patrik Vieyraning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlar qatorida.

Jamoani "Sassuolo"ga qarshi bo‘lajak o‘yinda vaqtinchalik murabbiylar Roberto Murgita va Domeniko Krishito boshqaradi. "Jenoa" 9 ta o‘yinda 3 ochko bilan A Seriya turnir jadvalining eng quyi pog‘onasida joylashgan. Krishito va Murgita uzoq muddatga qolishi ham mumkin.

"La Gazzetta dello Sport" nashrining xabar berishicha, ushbu lavozim uchun Raffaele Palladino, Paolo Vanoli va Luka Gotti ham da’vogarlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, De Rossi 2024-25 yilgi mavsumda "Roma"ni tark etganidan beri ishsiz yuribdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!