De Rossi "Roma"ga qaytishi mumkin

"Roma" va Italiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Daniele De Rossi Rim klubiga qaytishi mumkin. Bu haqida Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, italiyalik futbolchi rimliklarning yoshlar jamoasiga ustozlik qilishi mumkin. Agar bu ish amalga oshsa, u o‘zining otasi o‘rnini egallaydi.

Eslatib o‘tamiz, De Rossi 2002 yildan 2019 yilgacha "Roma" safida to‘p surgan va 470 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!