De Rossi yana "Roma"ga qaytishi mumkin

  • 29.12.2019 20:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Roma" klubi sobiq sardori Daniele De Rossi yana rimliklar safiga qaytishi mumkin.

Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “Roma”ni sotib olishga juda yaqin turgan The Friedkin Group kompaniyasi De Rossini jamoaga qaytarishni rejalashtirgan. Bu borada ular 36 yoshli italiyalik futbolchining o‘zi bilan ham bog‘lanishgan.

Ma’lumot uchun, De Rossi 2002-2019  yillarda “Roma” sharafini himoya qilgan. U hozirda "Boka Xuniors" sharafini himoya qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!