De Xea yozda PSJga o‘tishga yaqin turibdi
PSJ klubi mavsumlar oralig‘ida "Manchester Yunayted" posboni David De Xeani sotib olmoqchi. Bu haqda frantsiyalik jurnalist Joffrua Garete xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra parijliklar yozda shartnomasi yakunlanadigan darvozabon Janluiji Buffonga munosib o‘rinbosar qidirishmoqda va bu borada ispaniyalik futbolchi birinchi raqamli nomzod sifatida e’tirof etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq De Xea agar MYu Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa, jamoadan ketishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli De Xea joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida jami 46ta o‘yinda ishtirok etdi va shularning 10tasida o‘z darvozasi daxlsizlizligini saqlab qoldi. Uning transferi esa 70 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar