
MYu futbolchisi Madriddagi kasalxonaga xayriya qildi
"Manchester Yunayted" darvozaboni David de Xea koronavirus bilan kurashish uchun 300 ming evro ajratdi.
Ushba summa Madriddagi tibbiyot departeminti hisobiga o‘tkazildi. Darvozabo xayriyani anonim tarzda amalga oshirgan edi, biroq Ispaniya hukumati matbuot kotibi Isabel Dias Ayuso ushbu ma’lumotni o‘zining tvitter sahifasida ochiqlashni ma’qul ko‘rdi.
Eslatib o‘tamiz, bugunga kelib Ispaniya Evropada koronavirus pandemiyasi eng tez avj olayotgan davlatlar qatorida etakchilik qilmoqda.
Fikrlar