
De Yong "Barselona"dan ketishi mumkin!
"Barselona" yarim himoyachi Frenki de Yong yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. "Esport3" nashri xabariga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchi "ko‘k-anorranglilar" lageridagi hozirgi holatdan norozi.
Klubdagi muammolar tufayli Frenki jamoasini o‘zgartirish haqida o‘ylamoqda. Avvalroq matbuotda de Yongga Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 26 yoshli xavbek 15 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar