
De Yong klub shifokorlaridan norozi bo‘lmoqda
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong klub shifokorlar shtabining ishidan qoniqmayapti.
Kataloniya nashrlari ma’lumotiga ko‘ra, 23 yoshli xavbekka noto‘g‘ri tashxis qo‘yilgani ortidan, u endi Niderlandiyada davolanishni ma’qul ko‘rmoqda.
Oldinroq, de Yongning o‘ng oyoq yonbosh mushaklarida muammo borligi ma’lum qilingan edi.
Fikrlar