De Yong: "Levandovski bilan jamoamiz aniq kuchaydi"

  • 12.11.2025 14:16
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong jamoasi uchun Robert Levandovskining ahamiyati haqida fikr bildirdi.

Ma’lumki, mavsum boshida 37 yoshli forvard uchun omadsiz kechdi – u jarohatlar tufayli asosiy tarkibdan chiqib qoldi. Yaqinda esa tajribali hujumchi o‘z iste’dodini yorqin namoyish qilib, La Ligada "Selta"ga qarshi o‘yinda (4:2) xet-trik qayd etdi.

"Levandovski bilan jamoamiz aniq kuchliroq. Uning qaytishi sezilarli farqni berdi. Hamma Robertning nimaga qodirligini biladi va u 15–20 yildan beri gol urish qobiliyatini namoyon qilib keladi. U hali ham eng yuqori darajadagi hujumchi", – deydi de Yong "Barca Universal"ga bergan intervyusida.

Joriy mavsum La Ligada Robert Levandovski 7 ta gol bilan eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatining ikkinchi o‘rnida turibdi, faqat Kilian Mbappedan ortda qolmoqda (13 ta gol).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!