De Yong Niderlandiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

  • 03.03.2023 18:21
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

PSV hujumchisi Lyuk de Yong Niderlandiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.
"Men xalqaro futboldagi faoliyatini yakunlayman. Bu katta sharaf edi. Niderlandiya terma jamoasiga barcha xotiralar uchun rahmat", — deb yozdi 32 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqda.

De Yong "uchar gollandlar" safida 39 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ularda hujumchi sakkizta gol urdi va sheriklariga bitta samarali uzatmani amalga oshirdi.
JCh-2022da Lyuk Niderlandiya terma jamoasining Argentinaga qarshi chorak finalda mag‘lub bo‘lgan o‘yinda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!