
De Yong nihoyat "Barsa"dan ketishga qaror qildi
Niderlandiya terma jamoasi va "Barselona" klubi yarim himoyachisi Frenki de Yong klubini o‘zgartirishga qaror qildi. Bu haqda "Fichajes" nashri xabar tarqatdi.
Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi yozda "Manchester Yunayted"ga o‘tishni rejalashtiryapti. U bu haqda allaqachon "qizil iblislar" bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan ham gaplashgan.
Eslatib o‘tamiz, de Yong shu mavsumning o‘zida Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin edi. Biroq futbolchining o‘zi "Barselona"da qolishni afzal ko‘rgandi.
Fikrlar