De Yong va Pedri qachon safga qaytadi?

  • 06.04.2023 16:38
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Barselona" yarim himoyachilari Pedri va Frenki de Yong La Liganing navbatdagi turida "Xetafe"ga qarshi o‘yinda maydonga qaytadi. Bu haqda "Sport" nashri xabar bermoqda.

Har ikkala futbolchi kecha "Real" Madridga qarshi Ispaniya kubogi yarim finalini o‘tkazib yubordi. De Yong xalqaro tanaffus oldidan jarohat olgan edi va Niderlandiya terma jamoasiga Evropa chempionatiga saralash o‘yinlarida yordam bera olmadi.

Pedri ham xuddi shu vaqtda jarohat olgandi va terma jamoasi uchun bir nechta muhim o‘yinlarni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!