De Zerbi avval o‘zini "Manchester Yunayted"ga taklif qilgan, rad javobidan so‘ng "Tottenxem"ni tanlagan
"Tottenxem"ning yangi bosh murabbiyi Roberto de Zerbi avval boshqa jamoani boshqarishga ham tayyor bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.
Xabarlarga ko‘ra, italyalik mutaxassis “shporlar” bilan kelishuvga erishishdan oldin “qizil iblislar”ga murojaat qilib, mavsum yakunida Maykl Kerrik o‘rnini egallashga tayyorligini bildirgan. Biroq mankunianliklar bu variantga qiziqish bildirmagan va uning nomzodi ko‘rib chiqilmasligi ma’lum qilingan.
Shundan so‘ng de Zerbi "Tottenxem" variantiga rozilik berdi. London klubi uning tayinlanganini 31 mart kuni rasmiy e’lon qildi.
46 yoshli mutaxassis bunga qadar Fransiyaning “Marsel” klubida ishlagan va fevral oyida jamoani tark etgan. “Tottenchəm” esa Premier-liga jadvalidа 31 turdan so‘ng 17-o‘rinda bormoqda va tushib ketish hududidagi "Vest Xem"dan atigi bir ochko oldinda.

Fikrlar