Dele Alli "Tottenxem" bazasida mashg‘ulot o‘tkazmoqda
"Tottenxem"ning sobiq yarim himoyachisi Dele Alli bugun, 4 mart kuni, "shporlar" bazasida mashg‘ulot o‘tkazdi.
Insayder Fabrizio Romano ma’lumotiga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi yangi jamoa izlayotgan bir paytda London klubi bazasida shug‘ullanmoqda. Futbolchi faoliyatida yangi sahifa ochishni istamoqda va "Tottenxem" unga klub maydonida mashq qilishga ruxsat bergan.
Allining so‘nggi klubi "Komo" bo‘lgan edi. U 2025 yil sentabr oyida jamoani erkin agent sifatida tark etgan.
Yarim himoyachi 2015–2022 yillar davomida "Tottenxem Hotspur" safida to‘p surgan. Umuman olganda, Alli London klubi tarkibida barcha musobaqalarda 269 ta o‘yinda maydonga tushib, 67 ta gol urgan va 59 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar