Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Dembele katta pullardan voz kechdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

U boshqacha qarorga keldi

Jurnalist Sasha Tavolieri xabar berishicha, fransiyalik hujumchi Usmon Dembele Saudiya Arabistoni klublaridan biri qiziqish bildirganiga qaramasdan, Frantsiya chempioni bilan amaldagi shartnomasini uzaytirish niyatida.

PSJ tarkibida o‘ynagan vaqt mobaynida Usmon Dembele 135 ta o‘yinda maydonga tushib, 61 ta gol urdi va jamoadoshlariga 42 marta golli pas berdi. Eng muhimi, Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi, "Oltin to‘p" sohibiga aylandi. 

Hozirgi kunda Dembelening PSJ bilan tuzgan shartnomasi 2028 yil yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati 100 million yevro atrofida baholanmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q