Dembelening qachon safga qaytishi ma’lum

  • 9 fevral, 2023, 18:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning hujumkor yarim himoyachisi Usmon Dembele jarohatidan tiklanishi uchun yana 5 hafta kerak bo‘ladi. "AS" nashri xabariga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi 19 mart kuni Ispaniya chempionati doirasida bo‘lib o‘tadigan "Real"ga qarshi "el-klasiko"da ishtirok etishi kutilmoqda.

Tecno

Dembele La Liga doirasida "Jirona"ga qarshi o‘yinning 26-daqiqasida jarohat olib, maydonni erta tark etishga majbur bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli frantsiyalik futbolchi joriy mavsum Ispaniya chempionatida 18 ta uchrashuvda qatnashib, 5 gol va 5 golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!