Demetrius Jonson: "Vaqtinchalik chempionlik kamari uchun Justin Getji va Arman Tsarukyan jang qilishi kerak edi"

  • 11.02.2026 16:32
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Engil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Demetrius Jonson taniqli MMA ustasi Arman Tsarukyan va engil vaznda amaldagi chempion Iliya Topuriya o‘rtasidagi ehtimoliy qarama-qarshilik haqida gapirdi.

"Arman bilan mashg‘ulotlardan so‘ng, u Topuriyani mag‘lub etishiga ishonchim komil bo‘ldi. Tsarukyanda yetarlicha mahorat va chempionlik mentaliteti bor. Vaqtinchalik kamariga kelsak, ochig‘i, Arman bu uchun Justin Getji bilan jang qilishi kerak edi, ammo u tanlanmadi. Endi Getji Iliyaga qarshi oktagonga chiqadi. Shundan keyingina Tsarukyan mazkur juftlik g‘olibi bilan to‘qnash kelishi mumkin", – dedi Jonson o‘zining You Tube kanalida.

Eslatib o‘tamiz, "UFC 324" turnirida Justin Getji angliyalik Peddi Pimblettni yengib, engil vaznda vaqtinchalik chempion unvonini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!