Denis Cherishev La Ligada 100ta o‘yin o‘tkazgan 8-rossiyalik futbolchiga bo‘ldi

  • 15.04.2019 08:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Valensiya" klubi yarim himoyachisi Denis Cherishev kecha “Levante”ga qarshi o‘yinda ishtirok etdi. E’tiborlisi, bu rossiyalik futbolchi uchun La Ligadagi yubiley 100-o‘yin bo‘ldi.

Cherishev rossiyalik futbolchilar orasida Ispaniya primerosida 100talik dovondan oshgan 8-futbolchi bo‘ldi. Bungacha Valeriy Karpin (384), Aleksandr Mostovoy (235), Viktor Onopko (214), Dmitriy Popov (153), Dmitriy Radchenko (141), Vladimir Beschastnix (141), Dmitriy Xoxlov (111) va Igor Ledyaxovlar (106) ushbu natijani qayd etishgan.

Eslatib o‘tamiz, Denis Cherishev "Valensiya"dan tashqari shuningdek "Vilyarreal" va "Real" Madrid kabi jamoalarda to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!