
Denis Istomin ertaga asosiy to‘rdagi yurishini boshlaydi
Hamyurtimiz Denis Istomin Germaniyaning Myunxen shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi "BMW Open" turnirining saralash bahslaridan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Denis turnirning asosiy to‘r bahslari ilk davrasida italiyalik Matteo Berrettiniga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Ushbu uchrashuv, ertaga 30 aprel kuni o‘tkaziladi. Unda tennischimizga omad tilab qolamiz.
Fikrlar