Denis Shapovalov yarim finalga yo‘l oldi
Kanadlik Denis Shapovalov va amerikalik Frensis Tiafo "Miami Open" turnirining chorak final bosqichida o‘zaro raqobatlashdi.
Ular o‘rtasidagi mazkur uchrashuv 2 soat 15 daqiqa davom etdi. Unda Denisning qo‘li 6:7, 6:4, 6:2 hisobida baland keldi.
Endi Mayami shahrida o‘tayotgan "Masters" musobaqasining yarim finalida Shapovalov shveytsariyalik Rojer Federer bilan kuch sinashadi.

Fikrlar