Depay "Barselona"ning xaloskori!

Ispaniya La Ligasining 3-turidan o‘rin olgan "Barselona" va "Xetafe" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bahsda maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

"Barsa" uchrashuvda tezkor gol urishga erishdi. Albaning uzatmasidan so‘ng 2-daqiqada Serji Roberto hisobni ochdi. 18-daqiqada mehmonlar futbolchisi Sandro Ramires muvozanatni tikladi. 

Bellashuvning 30-daqiqasida Depay kataloniyaliklarni oldinga olib chiqdi va o‘yin so‘ngiga qadar hisob o‘zgarmadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!