
Depay Niderlandiya afsonalariga tenglashib olyapti
Niderlandiya va “Barselona” klubi hujumchisi Memfis Depay kecha terma jamoasida yubiley golini kiritdi. Bu haqda "Squawka Football" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, forvard Belgiyaga qarshi kechgan uchrashuvda o‘zining “uchar gollandlar” safidagi 40-golini urib, Patrik Klyuyvertga etib oldi.
Ayni paytda Depay Niderlandiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar reytingida Klyuyvert bilan 3-o‘rinni bo‘lishib turibdi.
To‘liq ro‘yxat:
50 - Robin van Persi.
42 - Klas Yan Xuntelar.
40 - Patrik Klyuyvert.
40 - Memfis Depay.
Eslatib o‘tamiz, kecha Niderlandiya Millatlar ligasi 1-turi doirasida Belgiyaga qarshi maydonga tushib, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bryusselda bo‘lib o‘tgan bahsda Memfis o‘z hisobiga ikkita gol yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar