Desham Mbappening holatini ijobiy baholadi
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Kilian Mbappening bugungi holati haqida ijobiy fikr bildirdi. Unga ko‘ra, "Real" forvardi yaxshi kayfiyatda va jamoa sardori sifatida mas’uliyatni his etmoqda.
"Hozir barchasi yaxshi. Quyosh yarqirab turibdi, hech qanday bulut yo‘q. U yaxshi ahvolda. Ehtimol, o‘tgan yili unga ko‘proq vaqt kerak bo‘lgandir, chunki o‘zgarishlar juda tez ro‘y berdi. Biroq, Kilian kuchli xarakter va ruhiyatga ega, shu bilan birga u ham inson, unga ham oson bo‘lmagan.
U ajoyib mavsum o‘tkazdi, hatto jamoasi Superkubokdan tashqari sovrin yutmagan bo‘lsa ham. Evropaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Hozir esa yangi mavsumni mustahkam asosda boshlayapti. U har doim terma jamoaga bag‘ishlangan va kapitan sifatida mas’uliyatni his etmoqda", – deya ta’rif berib o‘tdi.



Fikrlar