Deulofeu yana Italiyaga qaytmoqda

  • 05.10.2020 20:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Uotford” yarim himoyachisi Jerar Deulofeu yana A Seriyaga qaytadigan bo‘ldi.

Italiyalik  jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, 26 yoshli ispaniyalik futbolchi “Udineze”ga  o‘tadi. Hozircha transferning boshqa tafsilotlari oshkor etilmayapti.

Bundan avvalroq, Deulofeuga “Lokomotiv”dan ham taklif bo‘layotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Jerar uchun Italiya chempionati begona emas. U 2016/17 yilgi mavsumda “Milan” safida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!