Devid Moyes: Hozir hamma "Liverpul"ni yutishni xohlaydi

  • 8 fevral, 2020, 15:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Vest Xem” klubi bosh murabbiyi Devid Moyes o‘zining “Liverpul” borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

“Endi odamlar “Liverpul”ni yutish haqida o‘ylashmoqda. Bu aynan hozir sodir bo‘lmoqda. Bunday holat “Manchester Yunayted”dagi faoliyatimda ham kuzatilgan. O‘shanda ham hamma “qizil iblislar”ni mag‘lub etishni xohlardi va buning uchun alohida tayyorgarlik ko‘rishardi.

Qaysi jamoa kuchli bo‘lsa, uni engishga urinishadi”, - deydi shotlandiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” ayni damda ikkinchi o‘rinda borayotgan “Manchester Siti”dan 22 ochkoga ilgarilab ketgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!