Di Mariya 2021 yilda: “Van Gal eng yomon murabbiy”

  • 8 dekabr, 2022, 22:43
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati chorak final o‘yini doirasida Argentina termasi Niderlandiya bilan to‘qnash keladi. Ushbu bahs ko‘plab duellarni keltirib chiqaradi. Ular orasida Di Mariya va Lui van Gal qarama-qarshiligi ham bor.

Tecno

2014 yilda “Manchester Yunayted” Di Mariya uchun 75 million evro sarflab transferni amalga oshirdi. Futbolchi klubda kutilganidek o‘ynab keta olmadi. U “qizil iblislar” tarkibida bir mavsumda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 12 ta assist amalga oshirdi. Bunga sababni hazil tariqasida uning tanlagan 7-raqamida deb hisoblashdi. Di Mariyaning o‘zi bunday qarashlarga javob ham bergandi.

Mening Angliyadagi yomon mavsumimga sabab raqam emasdi. U erdagilar bu haqida men bilan juda ko‘p gaplashishdi. Bu shunchaki futbolka. “Manchester Yunayted”dagi muammom murabbiy bilan edi. Van Gal faoliyatimdagi eng yomon mutaxassis. Men bitta o‘yinda ham gol urib, ham assist amalga oshirdim, lekin ertasi kuni u menga pas berishdagi xatolarimni ko‘rsatardi”, - degandi Di Mariya 2021 yilda.

Jahon chempionatida taqdir ularni yana birlashtirdi. Endi bir jamoa safida emas, balki raqib sifatida maydonga tushadi. Bundan tashqari, Niderlandiyani Argentinada alami bor. Bu ikki terma jamoa 2014 yilgi jahon chempionatining yarim finalida ham bir-biriga qarshi o‘ynagan. O‘shanda Messi va uning do‘stlari penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, finalga chiqqandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!