
Di Mariya yana Ronaldu bilan birga o‘ynamoqchi
PSJ vingeri Anxel Di Mariya yozda jamoani tark etmoqchi. Bu haqda Todofichajes nashri xabar tarqatmoqda.
32 yoshli argentinalik futbolchi parijliklar bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi emas. Gap shundaki, Di Mariya "Yuventus"ga o‘tib, yana Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada o‘ynamoqchi. Ular o‘z vaqtida “Real”da birga to‘p surgan.
Di Mariya joriy mavsum “Real” safida 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar