
Di Mariya "Yuventus"ga o‘tadi. U kimning o‘rnini egallashi ham ma’lum
PSJning argentinalik hujumkor yarim himoyachisi Anxel Di Mariya joriy mavsum oxirida Turinning "Yuventus" klubiga o‘tishi mumkin, deya xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.
Manba bergan xabarga ko‘ra, Italiya klubi rahbariyati 34 yoshli argentinalik futbolchi shartnomasi yakunlanayotgan Paulo Dibalaning o‘rnini egallashi mumkin deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Yuve” Di Mariya bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolashi mumkin, chunki uning PSJ bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi.
Qayd etilishicha, argentinalik futbolchining “Yuventus”ga o‘tishi bo‘yicha muzokaralar yaqin orada boshlanishi mumkin.
Fikrlar