Dibala faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin

  • 22.10.2024 18:20
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Argentina terma jamoasi va "Roma" hujumchisi Paulo Dibala Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda "Todofichajes" nashri ma’lum qildi.

Manbaning xabariga ko‘ra, 30 yoshli hujumchini "Sevilya" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Andalusiya klubi argentinalik futbolchiga anchadan beri qiziqish bildirmoqda. Dibalaning rimliklar bilan shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi. "Transfermarkt" portali hujumchini 12 million evroga baholamoqda.

Italiya chempionatining joriy mavsumida Paulo oltita o‘yin o‘tkazdi va penaltidan gol kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!