
Dibala ko‘ndirishga kech qoldim!
“Machnester Yunayted”dagi faoliyatini yakunlab, yana “Yuventus”ga qaytgan Pol Pogba yozda “Roma” safiga qo‘shilgan Paulo Dibalani Turin klubida olib qolishga harakat qilganini gapirdi.
- Men Paulo bilan ko‘p gaplashdim. Men undan nega “Yuventus”da qolib, yana birga o‘ynashimiz mumkin emasligini so‘radim.
Dibala men uni ko‘ndirish uchun kech qolganimni, sal oldinroq qo‘ng‘iroq qilib, “Yuventus”ga o‘tishimni aytishim kerakligini ta’kidladi.
Biz juda yaxshi chiqishamiz. Umid qilamanki, Paulo “Roma”da o‘zini baxtiyor his qiladi va oxir-oqibat uning tanlovi to‘g‘ri bo‘lib chiqadi, - dedi Pol Pogba.
Fikrlar