Dietolog Jozef Parkerning diskvalifikatsiya qilinishida aybdor bo‘lib chiqdi

  • 07.08.2026 15:25
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Britaniya dopingga qarshi kurash agentligi (UKAD) o‘tkazgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, og‘ir vazn sobiq chempioni Jozef Parker(36-4, 24 KO)ning doping namunasi­dan kokain izlari aniqlanishiga uning dietologi aybdor bo‘lishi mumkin. Ushbu test Parkern­ing Fabio Uordliga qarshi mag‘lub bo‘lgan kuni olingan edi.

Yangi Zelandiyalik bokschi boshidan­oq har qanday taqiq­langan moddani ataylab qabul qilmaganini qat’iy tarzda ta’kidlab keldi va yakunda o‘zini oq­lash uchun yetarli dalillar to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

UKAD bayonotiga ko‘ra, Uordliga qarshi jang uchun Parker tomonidan yollangan dietolog muntazam ravishda kokain iste’mol qilgan. Uning o‘zi ham jangdan oldingi hafta davomida har kuni kokain qabul qilganini tan olgan.

Kecha esa Parkern­ing ringga qaytishiga ruhsat berilgani haqida rasm­an xabar qilindi. Demak, yaqin vaqt ichida boks muxlislari uni yana katta janglarda ko‘rishlari mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!