
Dillashou: "Bir necha yil avval professional sportchi edim, hozir esa bir qo‘lli nogironga aylandim"
O‘ta engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Ti Jey Dillashou faoliyatini yakunlaganidan beri boshdan kechirayotgan sog‘ligi bilan bog‘liq muammolari haqida gapirdi.
"Men hali ham qo‘limni boshimdan yuqoriga ko‘tarolmayapman. Qachon hammasi o‘z joyiga qaytishini bilmayman. Bu meni depressiyaga olib bormoqda. Har bir operatsiyadan keyin vaziyat yomonlashmoqdi. Dunyodagi eng yaxshi mutaxassisga bordim. Ammo u ham hech qachon bunday narsani ko‘rmaganini aytdi. Bir necha yil avval men professional sportchi edim, hozir esa bir qo‘lli nogironga aylandim”, dedi Dillashou Kvinton Jeksonning podkastida.
Eslatib o‘tamiz, Dillashou(17-5) 2022 yilning oktyabr oyida Aldjameyn Sterling(24-4)ga yutqazib qo‘yganidan keyin faoliyatini yakunlagandi..
Fikrlar