
Dilshod Rahmatov: Biz bu erga chempion bo‘lish uchun kelganmiz
Futzal bo‘yicha Kuvaytda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo Kubogi chorak finalidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Kuvayt uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda vakillarimiz yirik 3:0 hisobida raqibdan ustun keldi. O‘yindan keyin futzalchimiz Dilshod Rahmatov bellashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:
“Avvalo, o‘yin uchun Quvayt terma jamoasiga rahmat aytmoqchiman. O‘yinga keladigan bo‘lsak, bahs kutilganidek shiddatli bo‘ldi. Biz bu erga chempion bo‘lish uchun kelganmiz. Shu bois, har bir bahsda maksimal kuch bilan o‘ynaymiz”, - dedi Rahmatov.
Ma’lumot o‘rnida, vakillarimiz yarim finalda Yaponiya futzal terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi.
Fikrlar