«Dinamo» Armanistonning 13 karra chempionini yirik hisobda mag‘lub etdi
«Dinamo» jamoasi BAAdagi 2-yiğini doirasidagi ikkinchi oʻrtoqlik oʻyinini Yerevanning «Pyunik» jamoasiga qarshi oʻtkazdi.
Ajmnda oʻtgan bahsning birinchi boʻlimida hisob ochilmagan boʻlsa, ikkinchi boʻlimda Vadim Abramov tarkibda bir qator oʻzgarishlarga qoʻl urgach, samarqandliklar toʻliq ustunlik bilan gʻalabaga erishishdi.
Anvarjon Hojimirzaevning uzatmasidan keyin dastlab Firdavs Abdurahmonov hisobni ochgan boʻlsa, koʻp oʻtmay Anvarjonning oʻzi ajoyib zarbasi bilan farqni ikkitaга yetkazdi. Koʻp oʻtmay, yana Anvarjonning ikkinchi uzatmasidan keyin Xislat Xalilov chiroyli golga mualliflik qilib, hisobni yiriklashtirdi – 3:0.
Shu tariqa, «Dinamo» Armanistonning 13 karra chempioni «Pyunik»ni yirik hisobda magʻlub etdi.

Fikrlar