"Dinamo" frantsiyalik futbolchi bilan xayrlashdi
«Dinamo» PFK fransiyalik himoyachi Jesa Mabepa Ayessa bilan shartnoma o‘zaro ikki tomonlama bekor qilinganini tasdiqlaydi.
Jesa yanvar oyi boshida samarqandliklar safida Toshkentdagi yig‘inda bir necha kun ishtirok etgach, kelishuvni bekor qilishga va ortga qaytishga qaror qildi. Ikki tomon o‘zaro moliyaviy da’volari yo‘qligini bildirib, rasmiy xayrlashishdi. Mabapenning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz. "Dinamo" seleksiya ishlarini davom ettirmoqda.
Fikrlar