"Dinamo" futbolchisi ham kuchli beshlik chempionatiga yo‘l oldi
Moskvaning "Dinamo" klubi forvardi Maksimilian Filipp "Volfsburg" futbolchisiga aylandi. Bu haqda "Sport-Ekspress" nashri xabar tarqatmoqda.
26 yoshli germaniyalik futbolchi Bundesliga klubi bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan. Tez orada ushbu transfer rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
Filipp “Dinamo” safida 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va 9 ta gol urdi.



Fikrlar