"Dinamo" gruziyalik himoyachi bilan kelishuvga erishdi

  • 04.01.2024 20:16
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Superliga yangi mavsumi oldidan «Dinamo» klubi o‘z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

Gruziyalik markaziy himoyachi Anton Tolordava «Dinamo» jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 27 yoshli legioner 2024 yilning oxirigacha Samarqand klubi sharafini himoya qiladi.

tolordava

O‘tgan mavsumda Qozog‘istonning «Shaxtyor» klubi safida to‘p surgan Tolordava 23 o‘yinda 2ta golga mualliflik qilgan. Ungacha esa Anton Gruziya, Serbiya, Estoniya chempionatlarida faoliyat yuritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!