"Dinamo" hujumchisi jarohat oldi

  • 24.02.2026 13:02
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Dinamo" klubi hujumchisi Mirjahon Mirahmadov jarohat oldi. Bu haqida klub matbuoti xabar berdi.

"Dinamo"ning Dubay yig‘inidagi so‘nggi mashg‘ulotlaridan birida jamoa hujumchilaridan biri Mirjahon Mirahmadov jarohat olib, klub shifokorlari yordamida maydonni tark etgandi.

O‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, Mirjahon Mirahmadovning chap  tizza mediyal menisk va oldingi xochsimon payining yirtilishi aniqlandi. Klub tibbiy bo‘limining ma’lum qilishicha, jamoa hujumchisi tez orada tizzasidan jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi. Operatsiyadan so‘ng Mirahmadovning to‘liq tiklanib, safga qaytishi uchun 5-6 oy vaqt talab etilishi taxmin qilinmoqda.

«Dinamo» PFK jamoasi va muxlislar nomidan Mirjahon Mirahmadovga sog‘liq tilaymiz va ishonamizki, u jarohatdan to‘liq tiklanib, yana jamoamizga yashil maydonda yordam beradi", - deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, ayni damda jamoaning yana bir a’zosi Oybek Urmonjonov ham jarohatdan tiklanish amaliyotini o‘tkazmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!