
"Dinamo" nazorat o‘yinida "Mash’al"ga yutqazib qo‘ydi
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Dinamo" nazorat o‘yinida maydonga tushdi. Unda samarqandliklarga "Mash’al" jamoasi raqiblik qildi.
Mazkur bellashuvda muborakliklar 1:0 hisobida zafar quchdi. Afsuski, bu o‘yinda kim gol urgani haqida ikki klub matbuot xizmati ham ma’lumot bergani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent yig‘ini davomida "Dinamo" bundan oldin Superliga klubi "Qizilqum"ni 3:2 hisobida mag‘lub etgandi.
"Dinamo": Farhod Rahmatov, Xurshid Ubaydullaev, Vohid Oqbo‘taev, Nikita Shaleev, Akmal Kozimov, Vladislav Nuriev, Derrek, Ilhom Zoirov, Bobur Asadullaev, Valeriy Akopov, Bahodir Abduvaliev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Ravshan Yagudin, Komil Sharofutdinov, Bobur Mamadaminov, Mehriddin Musurmonov, Abdujamol Isroilov, Javlon Malikov, Jasur Qurbonov, Hazrat Tursunqulov, Frantsis Narx, Elguja Grigalashvili, Bahodir Nasimov.
Fikrlar