"Dinamo" OKMK bilan murosa ko‘chasini tanladi
Yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida «Dinamo» jamoasi Toshkentdagi navbatdagi nazorat oʻyinida OKMK klubiga qarshi maydonga tushdi. Bu haqida klub matbuot xizmati maʼlum qildi.
«Olimpiya» stadionidagi maydonda boʻlib oʻtgan bahsda bosh murabbiylar – Vadim Abramov va Mirjalol Qosimov asosiy tarkibdan tashqari, bir qator yosh oʻyinchilarni sinovdan oʻtkazdi. Birinchi boʻlimda Anvarjon Hojimirzaev tomonidan kiritilgan gol bilan «dinamochilar» hisobni ochdi – 1:0.
Ikkinchi boʻlimda murabbiylar bir qator oʻzgarishlarga qoʻl urib, koʻrikdagi oʻyinchilarni ham sinovdan oʻtkazishdi. Olmaliqliklar Aziz Xolmurodovning goli evaziga muvozanatni tiklashdi – 1:1. Yakunda bahs durang natija bilan tugadi.
Shu tariqa, «Dinamo»ning Toshkentdagi dastlabki yigʻini yakuniga yetdi. Jamoamiz 16 yanvardan BAAda yigʻin boshlaydi.
Nazorat oʻyini. 14 yanvar. Toshkent
OKMK – «Dinamo» - 1:1
Gollar: Aziz Xolmurodov 50 – Anvarjon Hojimirzaev, 42.
«Dinamo»: Edem Nemanov, Jahongir Oʻrozov, Jaloliddin Jumaboev, Salim Mustafoyev, Giorgi Babaliev, Rasul Yoʻldoshev, Dramane Salou, Firdavs Abdurahmonov, Jahongir Abdusalomov, Azizbek Amonov, Anvarjon Hojimirzaev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Sarvar Karimov, Ulugʻbek Abdullaev, Behruzbek Obloqulov, Xislat Xalilov, Abdulahad Hoshimov, Ulugʻbek Hoshimov, Mirjahon Mirahmadov.
Fikrlar