"Dinamo" PSJ tarbiyalanuvchisi bilan shartnoma imzoladi

  • 07.02.2026 10:47
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

2026 yilgi yangi futbol mavsumi oldidan «Dinamo» jamoasi safiga navbatdagi yangi oʻyinchi kelib qoʻshildi.

«Dinamo» PFK fransiyalik 26 yoshli markaziy himoyachi Mahamadu Dembele bilan rasmiy kelishuvga erishilganini maʼlum qiladi. Dembele va Samarqand klubi oʻrtasida bir yillik shartnoma imzolandi.

Mahamadu Dembele «PSJ» futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi boʻlib, Parij klubi hamda Fransiya U16, U18, U20, U21 yoshlar terma jamoalari sharafini himoya qilgan. Shuningdek, oʻtgan yillar davomida Fransiyaning «Trua», Belgiya ning «Seren Yunayted», Albaniyaning «Tirana» klublari sharafini himoya qilgan. Dembele «Dinamo»ga erkin agent sifatida oʻtdi. Soʻnggi ikki mavsumda klubi safida 45 oʻyinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!