
"Dinamo" qaysi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazdi?
O‘z oldiga Superligaga chiqish vazifasini qo‘ygan “Dinamo” boshlanajak pro-liga bahslariga reja asosida tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Samarqandliklar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov selektsiya jarayonida imkon qadar tarkibni kuchaytirishga harakat qildi. Kuni kecha O‘zPFL tomonidan “Dinamo”ning 23 nafar futbolchisi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Shulardan 17 tasi yangi qo‘shilgan futbolchilardir.
Shuningdek, uch nafar legioner ham “zayavka” qilindi. Bular – Oleg Marchuk, Mixaylo Udod va Dmitro Sidorenko.
Darvoqe, ro‘yxatda Sidorenkoning sobiq klubi sifatida “Andijon” ko‘rsatilgan. Ammo o‘tgan yili andijonliklar safida ushbu o‘yinchi to‘p surmagan. Ukrainalik legioner borasida vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida “Dinamo” klubi matbuot xizmati bilan bog‘langanimizda anglashilmovchilik tufayli noto‘g‘ri yozilganini ma’lum qildi.
Fikrlar